Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 OLTIN QAL'A MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI
янв.21
📊 DEPUTAT QABULI | SHOVOT TUMANI
янв.21
Yoshlarning huquqiy bilimini oshirish — jamiyat taraqqiyotining asosiy omili
янв.21
📌 TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
📊 OQ OLTIN MAHALLASIDA YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
📌 YOSHLARNING HUQUQIY BILIMINI OSHIRISH
янв.21
Shovot tumanida ijtimoiy himoya tadbiri
янв.21
Deputatlar hududdagi ijtimoiy soha obyektlarini o'rgandilar
янв.21
🏗 Komiljon Otaniyozov mahallasida obodonlashtirish va yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
🏗 “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan o‘rganishlar
Marg‘ilonda yo‘l harakati xavfsizligi: amalga oshirilgan ishlar va natijalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov raislik qildi. Unda kotibiyat mudiri A.Ermatov ham ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida Marg‘ilon shahar IIB YHXB tomonidan 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi. Hisobotda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va fuqarolar hayotini muhofaza qilish borasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar alohida ta’kidlandi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 apreldagi PQ-190-son qarori hamda Hukumat tomonidan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” asosida shaharda tizimli ishlar olib borilgan. Jumladan, yil davomida 28 ta yangi yo‘l belgisi o‘rnatildi, 308 ta yaroqsiz yo‘l belgisi yangisiga almashtirildi. Maktablar oldida 30 ta tezlikni cheklovchi belgilar o‘rnatildi.

Shuningdek, 2 ta yangi transport svetofori qurildi, 5 ta transport va 2 ta piyodalar svetofori rekonstruksiya qilindi. Piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida sun’iy notekisliklar o‘rnatilib, 3556 kvadrat metr maydonda yo‘l chiziqlari chizildi.

Yo‘l harakati madaniyatini oshirish borasida ham keng qamrovli targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. Xususan, 29 ta sinfxonada amaliy mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yildi, YTH eng ko‘p sodir bo‘ladigan 14 ta hududda targ‘ibot vositalari o‘rnatildi. “Diqqat, yo‘lovchi!”, “Diqqat, bolalar!” kabi profilaktik tadbirlar 21 marotaba o‘tkazildi. Bundan tashqari, 6 marotaba turli ko‘rik-tanlovlar tashkil etildi hamda 25 ta ijtimoiy rolik tayyorlanib, telekanallar orqali namoyish etildi. Aholi gavjum joylarda 128 marotaba profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Texnologik nazoratni kuchaytirish maqsadida 10 ta chorrahaga jami 34 ta videokamera o‘rnatish rejalashtirilib, ushbu ishlar to‘liq ta’minlandi. Shuningdek, “Xavfsiz shahar” tizimi doirasida yana 2 ta zamonaviy qoidabuzarliklarni aniqlovchi qurilmalar ishga tushirildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2025 yil davomida yo‘l-transport hodisalari 19,3 foizga kamayib, 114 tadan 92 taga tushdi. Biroq o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari 28,6 foizga oshgani qayd etildi (7 tadan 9 taga).

Tahlillarga ko‘ra, sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining asosiy qismini piyodalarni urib yuborish (48 ta), transport vositalari to‘qnashuvi (26 ta), velosipedchilar bilan bog‘liq hodisalar (14 ta), ag‘darilish (3 ta) va turgan transport vositasiga urilish (1 ta) tashkil etadi.

Yig‘ilish yakunida deputatlar tomonidan piyodalar ishtirokidagi hodisalarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5