Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 OLTIN QAL'A MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI
янв.21
📊 DEPUTAT QABULI | SHOVOT TUMANI
янв.21
Yoshlarning huquqiy bilimini oshirish — jamiyat taraqqiyotining asosiy omili
янв.21
📌 TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
📊 OQ OLTIN MAHALLASIDA YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
📌 YOSHLARNING HUQUQIY BILIMINI OSHIRISH
янв.21
Shovot tumanida ijtimoiy himoya tadbiri
янв.21
Deputatlar hududdagi ijtimoiy soha obyektlarini o'rgandilar
янв.21
🏗 Komiljon Otaniyozov mahallasida obodonlashtirish va yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
🏗 “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan o‘rganishlar
MAHALLALARDA AHOLI VA BOLALAR UCHUN SPORT INSHOOTLARI, UMUMTA’LIM MAKTABLARI, SPORT ZALLARI VA ULARDAGI SPORT ANJOMLARI MAVJUDLIGI, ULARNING JIHOZLARI HOLATI.

Mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlar va bolalar uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida mavjud sport inshootlari, umumta’lim maktablarining sport zallari hamda ulardagi sport anjomlarining mavjudligi va texnik holati atroflicha o‘rganilmoqda. Sport zallarining yoritilishi, isitish tizimi, pol qoplamasi, xavfsizlik talablari, shuningdek, inventarlarning yetarliligi va foydalanish darajasi tahlil qilinmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 18-Buloqboshi saylov okrugidan saylangan deputat Karimshikov Sabriddin Azimovichlar Parkent tumanidagi “Bo‘rsiliq” MFY xududida joylashgan 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida maktab sport zalining holati, mavjud sport anjomlari, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Oʻrganish jarayonida maktablardagi sport anjomlari va jihozlaridan unumli foydalanilayotgani aniqlandi. Shuningdek tadbir davomida ta’lim sifati, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik baza hamda o‘qituvchilarning faoliyati bilan tanishildi. O‘qituvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammo va takliflar tinglandi. 

Slide 1 of 7