Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📚 DEPUTAT “XALQ KUTUBXONASI”DA
янв.21
📊XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING MAHALLIY BUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH HAMDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI MASALALARI DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO'LIB O'TDI
янв.21
🟣 AYOLLAR MUAMMOLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
📊 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALAR DASLABKI TARZDA DEPUTATLAR TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILMOQDA
янв.21
SHOVOT TUMANIDA ENERGIYA SAMARADORLIGI NAZORATDA
янв.21
🟦 DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL QILINDI
янв.21
🟦 TUMAN SALOMATLIK MARKAZIDA AHOLINI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI
янв.21
20-Maxtumquli saylov okrugida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
📊 Bo‘ston mahallasida Prezident qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
📍 OLTIN QAL'A MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI
Deputat mahallada

 Murojaatlar e’tiborsiz qolmaydi: Deputat joyiga chiqib o‘rgandi 

Saylovoldi va’dalar va fuqarolarning ishonchi -amaliy ishlarga tayanadi.  

Avvalroq xabar berganimizdek, 12-Saydobod saylov okrugi deputati N.
Ubaydullayeva "Saydobod" MFYda o‘tkazgan qabuli davomida aholi
tomonidan bir qator muammolar ko‘tarilgan edi.
 

Mahalladagi qabriston yaqinida joylashgan "Yoshlar bog‘ini"
boshqa qulayroq joyga ko‘chirish masalasi deputat tomonidan bevosita joyiga
chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.
 

O‘rganish natijasida mazkur hududning joylashuvi va aholining fikrlari
inobatga olinib, haqiqatan ham bog‘ni boshqa qulayroq manzilga ko‘chirish zarur
degan to‘xtamga kelindi.
 

"Bog‘ nafaqat nomi bilan, balki mazmunan ham yoshlarimiz uchun qulay
va munosib maskanda bo‘lishi kerak,"-deb ta’kidladi xalq vakili.
 

Ushbu masala tegishli soha mutaxassislari bilan atroflicha o‘rganib
chiqilishi ma’lum qilindi. Ijro jarayoni deputatlik nazoratida davom etadi.
  

Slide 1 of 3