Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📚 DEPUTAT “XALQ KUTUBXONASI”DA
янв.21
📊XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING MAHALLIY BUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH HAMDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI MASALALARI DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO'LIB O'TDI
янв.21
🟣 AYOLLAR MUAMMOLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
📊 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALAR DASLABKI TARZDA DEPUTATLAR TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILMOQDA
янв.21
SHOVOT TUMANIDA ENERGIYA SAMARADORLIGI NAZORATDA
янв.21
🟦 DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL QILINDI
янв.21
🟦 TUMAN SALOMATLIK MARKAZIDA AHOLINI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI
янв.21
20-Maxtumquli saylov okrugida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
📊 Bo‘ston mahallasida Prezident qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
📍 OLTIN QAL'A MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI
#doimiy_komissiya 📌 Obodonlashtirish xizmatlari tariflari ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Yig‘ilishda muhim masala — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–387-son Qarorining ijrosi yuzasidan masala ko‘rib chiqildi.

Mazkur qarorga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab Obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan tuman (shahar)lar markaziy ko‘chalari bo‘yida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish hamda hududlarni obodonlashtirish xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilishi belgilangan.

Shuningdek, qarorning tegishli bandlariga asosan, ushbu xizmatlar uchun to‘lov tariflari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan ishlab chiqilib, Xalq deputatlari Kengashlariga ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun kiritilishi lozimligi qayd etilgan.

Yig‘ilish davomida Ishtixon tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ko‘rsatiladigan obodonlashtirish va maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmatlari uchun to‘lov tariflari miqdorini tasdiqlash masalasi muhokama qilindi.

Shunga muvofiq, taqdim etilgan takliflarga ko‘ra quyidagi tariflar muhokama qilindi:

🔹 Maishiy chiqindilarni olib chiqish — 1 m³ uchun 100 800 so‘m

 🔹 Maishiy chiqindilarni olib chiqish — 1 tonna uchun 215 000 so‘m

 🔹 Suyuq chiqindilarni olib chiqish — 1 tonna uchun 97 400 so‘m

 🔹 Hududlarni obodonlashtirish xizmati — 1 kv.m uchun 5 200 so‘m

Komissiya a’zolari tomonidan mazkur tariflarni asoslangan holda shakllantirish, aholiga va tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha yuklamalar tushmasligini ta’minlash, xizmatlar sifati va shaffofligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga, mazkur masalani Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan takliflar ilgari surildi.

Slide 1 of 3