Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 OLTIN QAL'A MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI
янв.21
📊 DEPUTAT QABULI | SHOVOT TUMANI
янв.21
Yoshlarning huquqiy bilimini oshirish — jamiyat taraqqiyotining asosiy omili
янв.21
📌 TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
📊 OQ OLTIN MAHALLASIDA YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
📌 YOSHLARNING HUQUQIY BILIMINI OSHIRISH
янв.21
Shovot tumanida ijtimoiy himoya tadbiri
янв.21
Deputatlar hududdagi ijtimoiy soha obyektlarini o'rgandilar
янв.21
🏗 Komiljon Otaniyozov mahallasida obodonlashtirish va yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
🏗 “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan o‘rganishlar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi: yangi bosqich va amaliy natijalar

2025-yil 10-sentabrda qabul qilingan PF-163-son Farmon (https://lex.uz/docs/-7723129) asosida mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi tubdan takomillashtirildi. Bugungi kunda ushbu farmon doirasida belgilangan vazifalar izchil amalga oshirilmoqda.

Mazkur hujjatga muvofiq, yoshlar siyosatini yuritishda yangi yondashuv joriy etilib, har bir yosh bilan individual va manzilli ishlash tizimi amaliyotga tatbiq etildi. Natijada yoshlarning muammo va ehtiyojlarini chuqur o‘rganish hamda ularga aniq va samarali yordam ko‘rsatish imkoniyatlari kengaydi.

Shuningdek, raqamlashtirish jarayonlari jadallik bilan davom ettirilib, “Yoshlar yagona elektron platformasi” orqali yoshlar haqidagi ma’lumotlar yagona bazaga jamlanmoqda. Bu esa tizimli monitoring va tezkor qaror qabul qilishga xizmat qilmoqda.

Farmon doirasida yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratilib, Besh tashabbus olimpiadasi keng ko‘lamda tashkil etilmoqda. 

Bugungi kunda ushbu loyiha orqali mahallalarda sport, madaniyat va san’at yo‘nalishlaridagi tadbirlar yanada faollashgan.

Slide 1 of 1