Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 OLTIN QAL'A MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI
янв.21
📊 DEPUTAT QABULI | SHOVOT TUMANI
янв.21
Yoshlarning huquqiy bilimini oshirish — jamiyat taraqqiyotining asosiy omili
янв.21
📌 TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
📊 OQ OLTIN MAHALLASIDA YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
📌 YOSHLARNING HUQUQIY BILIMINI OSHIRISH
янв.21
Shovot tumanida ijtimoiy himoya tadbiri
янв.21
Deputatlar hududdagi ijtimoiy soha obyektlarini o'rgandilar
янв.21
🏗 Komiljon Otaniyozov mahallasida obodonlashtirish va yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
🏗 “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan o‘rganishlar
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMANI KENGASHI DEPUTATI SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 10-Boyqozon saylov okrugidan saylangan deputat Ermatov Alibek Xojimurotovich tomonidan o‘z saylov okrugidagi “Surxi” mahalla fuqarolari yig‘inida saylovchilar bilan
navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2025-yil mobaynida saylov okrugi tarkibiga kiruvchi mahalla fuqarolar yig‘inlarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot taqdim etildi. Jumladan hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ichki yo‘llarni ta’mirlash va infratuzilmani yaxshilash, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni hal etish, ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini yaxshilash, aholi murojaatlari asosida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, uchrashuvda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda tegishli kommunal va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirok etib, o‘z vakolatlari doirasida aholining savollariga javob qaytardilar.
Tadbir yakunida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan mahalladagi dolzarb muammolar, jumladan, infratuzilma, kommunal xizmatlar sifati hamda ijtimoiy masalalar atroflicha muhokama qilindi va har bir masala yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi shakllantirildi. 

Slide 1 of 6