Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xorazmda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ochiq muloqot.
янв.21
📌 AMALIY O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
📊 TASHABBUSLI BUDJET – TAKLIFLAR MUHOKAMASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA IKKINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
📌 Deputat muammolarni joyida o‘rganmoqda!
янв.21
📊 Aholi muammolari – deputatlar e’tiborida
янв.21
📌 3-mart | Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tashrifi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi, “Adolat” Shovot tumani tashkiloti hamda tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hamkorligida tumanning Turkiston mahallasi hududidagi 19-son DMTTda “Ogohlik — davr talabi” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
📍 Shovot tumanida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 2025–2027-yillar uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha PQ-454-sonli qaror ijrosi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025–2027-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sherobod tumani “Qarabog‘” mahallasida qurilgan “Mening bog‘cham” loyihasi doirasidagi 120 o‘rinli zamonaviy bolalar bog‘chasi foydalanishga topshirilgan edi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 4-Uch yog‘och – Qarabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova tomonidan ushbu bog‘chada deputatlik nazorati olib borildi. Nazorat davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, bog‘cha atrofidagi o‘yin maydonchalari va boshqa infratuzilma obyektlari batafsil ko‘zdan kechirildi.

Ushbu tadbir bolalarning xavfsiz va sifatli ta’lim muhitida tarbiyalanishini ta’minlash va hududdagi ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qiladi..

Slide 1 of 6