️Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tadjiyeva Muhabbat Xaydaraliyevna tomonidan aholi murojaatlari asosida navbatdagi deputat so‘rovi yuborildi.
Xususan, Chilonzor tumani “Sharaf” mahallasi hududidagi 27-ko‘p qavatli uy oldida joylashgan piyodalar yo‘lagi hamda avtomobillar harakatlanish qismidagi asfalt qoplamasi yaroqsiz holatga kelgani yuzasidan fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan. Mazkur holat hudud aholisiga noqulaylik tug‘dirib, piyodalar va transport vositalari harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shu munosabat bilan deputat tomonidan Chilonzor tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga deputat so‘rovi yuborildi.
So‘rovda:
*️⃣mazkur hududdagi asfalt qoplamasining texnik holatini o‘rganish;
*️⃣aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilash;
*️⃣ta’mirlash ishlarini amalga oshirish muddatlari va mas’ul tashkilotlar haqida ma’lumot berish;
*️⃣ko‘rilgan choralar yuzasidan yozma axborot taqdim etish
so'ralgan.
Deputat so‘rovi orqali aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etish, hududlarda qulay va xavfsiz muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.