Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xorazmda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ochiq muloqot.
янв.21
📌 AMALIY O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
📊 TASHABBUSLI BUDJET – TAKLIFLAR MUHOKAMASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA IKKINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
📌 Deputat muammolarni joyida o‘rganmoqda!
янв.21
📊 Aholi muammolari – deputatlar e’tiborida
янв.21
📌 3-mart | Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tashrifi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi, “Adolat” Shovot tumani tashkiloti hamda tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hamkorligida tumanning Turkiston mahallasi hududidagi 19-son DMTTda “Ogohlik — davr talabi” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
📍 Shovot tumanida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
Deputatlik faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha hududdagi Tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi o‘rganildi

📌 Deputatlik faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha hududdagi Tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi o‘rganildi

Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputatlari tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari doirasida hududdagi Tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida markaz tomonidan aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish, profilaktik tadbirlarni tashkil etish hamda sanitariya nazorati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, muassasaning moddiy-texnik bazasi, mavjud sharoitlar hamda mutaxassislarning faoliyati ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar bilan o‘tkazilgan muloqot jarayonida mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan fikr almashilib, ularni bartaraf etish hamda faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish masalalari nazoratga olindi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati

https://t.me/PeshkuXalqdeputatlarKengashi

Slide 1 of 4