Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏡 YURT OBODLIGI, AVVALO, MAHALLADAN BOSHLANADI! 📅 13–14 mart 2026-yil
янв.21
📊 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 16–19-mart kunlari hududlarda rejalashtirilgan tadbirlar
янв.21
📊 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi 10–13 mart kunlari o‘tkazilgan tadbirlar bo‘yicha DAYJEST
янв.21
🏗 Hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
📊 Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha muhokama
янв.21
📄 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI QARORI
янв.21
📊 BOZORDAGI NARX-NAVO VA SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
🏫 Yoshlarni kasbga yo‘naltirish – kelajak poydevori
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Feruza Shuxratovna Yusupova tomonidan fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
🛣 Deputat so‘rovi natija berdi – 90V061 yo‘li ta’mirlanmoqda
Ayollar manfaati – davlat siyosati markazida.

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Maxmudova Donoxon Artikovna tashabbusi bilan “Bilim” axborot-kutubxona markazida “Ayollar manfaati – davlat siyosati markazida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish hamda jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Davra suhbatida Donoxon Maxmudova mamlakatimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, gender tenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ayollarning siyosiy-ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritdi.

Ta’kidlanganidek, ayollarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.