Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xorazmda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ochiq muloqot.
янв.21
📌 AMALIY O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
📊 TASHABBUSLI BUDJET – TAKLIFLAR MUHOKAMASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA IKKINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
📌 Deputat muammolarni joyida o‘rganmoqda!
янв.21
📊 Aholi muammolari – deputatlar e’tiborida
янв.21
📌 3-mart | Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tashrifi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi, “Adolat” Shovot tumani tashkiloti hamda tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hamkorligida tumanning Turkiston mahallasi hududidagi 19-son DMTTda “Ogohlik — davr talabi” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
📍 Shovot tumanida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
Oilaviy poliklinikaning qurilishi ishlari o‘rganildi

 Oilaviy poliklinikaning qurilishi ishlari o‘rganildi 

2025-yilning 7-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida sog‘liqni
saqlash tizimini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan kengaytirilgan
yig‘ilishda xususan, “90 kunlik o‘zgarishlar vaqti” doirasida belgilab berilgan
topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tumanda bir qator ishlar amalga oshirilgan.
 

Ushbu ishlarning bajarilishi doirasida xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari tumandagi
Yangi hayot mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 4-son oilaviy poliklinikada
“Hamkor-House SSS” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan
qurilish ishlarining sifati va bajarilish holatini o‘rgandilar.  

Mazkur ob’ektda olib borilayotgan ishlar sifatidan deputatlar qoniqish hosil qilgan bo‘lsalarda,
qurilishni yakunlash muddati kechikayotganini mas’ullarga alohida ta’kidlab, ish
suratini tezlatish lozimligi yuzasidan tavsiyalar berdilar.  

Slide 1 of 5