Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xorazmda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ochiq muloqot.
янв.21
📌 AMALIY O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
📊 TASHABBUSLI BUDJET – TAKLIFLAR MUHOKAMASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA IKKINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
📌 Deputat muammolarni joyida o‘rganmoqda!
янв.21
📊 Aholi muammolari – deputatlar e’tiborida
янв.21
📌 3-mart | Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tashrifi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi, “Adolat” Shovot tumani tashkiloti hamda tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hamkorligida tumanning Turkiston mahallasi hududidagi 19-son DMTTda “Ogohlik — davr talabi” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
📍 Shovot tumanida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
Deputat e’tibori – muammolar yechimiga xizmat qiladi

Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati Burxon Aliqulov o‘z saylov okrugidagi mavjud ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi.

Deputat “Achchig‘i” MFY faollari va mahalla jamoatchiligi bilan uchrashib, hududdagi holatni ko‘zdan kechirdi. O‘rganishlar davomida mahallaning “Chaqar” qishlog‘idagi elektr tarmoqlari holati bugungi kun talablariga javob bermasligi aniqlandi.

Xususan, qishloqdagi eski va yaroqsiz simyog‘ochlar aholi xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgani hamda texnik xavfsizlik qoidalariga mutlaqo zid ekanligi qayd etildi.

Mazkur muammoni qisqa fursatlarda hal etish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, deputat B.Aliqulov tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 4