Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xorazmda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ochiq muloqot.
янв.21
📌 AMALIY O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
📊 TASHABBUSLI BUDJET – TAKLIFLAR MUHOKAMASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA IKKINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
📌 Deputat muammolarni joyida o‘rganmoqda!
янв.21
📊 Aholi muammolari – deputatlar e’tiborida
янв.21
📌 3-mart | Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tashrifi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi, “Adolat” Shovot tumani tashkiloti hamda tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hamkorligida tumanning Turkiston mahallasi hududidagi 19-son DMTTda “Ogohlik — davr talabi” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
📍 Shovot tumanida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi deputatlar e’tiborida

Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi deputatlar e’tiborida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025- yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori bilan belgilangan tartib asosida deputatlar tomonidan joylarda nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Qiziriq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-386-sonli qarorini ta’minlash maqsadidagi "Takiya ota" ziyoratgohini zarur infratuzilma bilan ta’minlash bo‘yicha loyihani bajarilishini oʻrganish maqsadida viloyat Kengashi deputati D.Radjapova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyevlar tuman hokimi Sh.Allamurotov hamda tuman prokurori bilan birgalikda "Takiya ota" ziyoratgohiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mazkur loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va ishlarni sifatli tashkil etish choralarini koʻrish boʻyicha muzokaralar olib borildi.

O‘rganish davomida ob’ektda loyiha asosida ishlar amalga oshirilayotganligi va qo‘shimcha loyihalash ishlari olib borilayotganligi aniqlandi.

Mazkur loyihaning bajarilishi doimiy ravishda deputatlik nazoratiga olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 7