Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 Shovot tumanida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Joriy yilning 26-fevral kuni xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati hamda xalq deputatlari tuman Kengashiga 20-Maxtumquli saylov okrugidan saylangan deputat Navro‘zov Faxriddin Qo‘zibayevich bilan hamkorlikda Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyati hamda “Yoshlarni kelajak kasblariga yo‘naltirish” mavzularida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
📌 Nazorat va o‘rganish jarayoni davom etmoqda
янв.21
Seminar trening!
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal qilindi ✅
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal qilindi ✅
янв.21
2026-yil 24-fevral kuni xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati hamda Shovot tumani Huquqiy maslahat byurosi hamkorligida Shovot tumani 1-son politexnikumida “Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA BIRINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Joriy yilning 23-fevral kuni xalq deputatlari Shovot tumani Kengashiga 12-Аrbob saylov okrugidan saylangan deputat Nurjanova Matluba Odambayevna 2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturida belgilangan vazifa va topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo'yicha Arbob mahallasida uchrashuv tashkil qildi.
янв.21
Joriy yilining 20-fevral kuni  xalq deputatlari Shovot tumani Kengashiga 7-Idali qal'a saylov okrugidan saylangan deputat Yaxshimuratova Muxabbat Allaberganovna Shovot tumani "Euroteks” MChJ da 2026-yil- "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"davlat dasturida belgilangan vazifa va topshiriqlar ijrosini bajarishga qaratilgan tadbirda ishtirok etdi.
Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi:

        Sessiyada deputatlar, tuman rahbarlari, tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

        Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan masalalar yuzasidan tuman prokuraturasi va ichki ishlar bo‘limining 2025-yil davomida qonuniylikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirgan ishlari haqidagi hisobotlari eshitildi va qizg‘in muhokama qilindi.

        Shu kuni Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi tomonidan tahliliy ma’lumotlar o‘qib eshittirildi.

        Muhokamalar jarayonida tuman IIB boshlig‘i tomonidan oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar o‘tgan yilga nisbatan tahlil qilinib, ayrim holatlarda maktab yoshidagi o‘quvchilar, hatto ayollarning jinoyatlarga jalb etilayotgani afsuslanarli holat ekani ta’kidlandi.

        Tuman prokurori o‘z hisobotida korrupsiya va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilayotganiga qaramay, ayrim tashkilotlarda fuqarolarning ishonchiga kirib, pul evaziga ish bitirish holatlari hanuz uchrayotgani keskin tanqid qilindi.

        Shuningdek, davlat organlarida norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda huquqiy targ‘ibot va ma’rifat ishlari holati muhokama etildi. Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar sarfi, “edu.ijro.uz” tizimi orqali nazoratga olingan topshiriqlarning ijro holati ham sessiya diqqat markazida bo‘ldi.

        Bundan tashqari, tashabbusli budjet jarayonlariga oid amaldagi nizomga hamda tuman Kengashi doimiy komissiyalari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalalari ko‘rib chiqildi. Mas’ul rahbarlarga deputatlar tomonidan savollar berilib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

        Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Mazkur sessiya tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim qarorlar bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Xalq vakillari masʼullarga saylovchilar murojaatlari asosida aniq va qatʼiy savollar yoʼlladilar. Muhokamalar ochiq va shaffof ruhda kechdi. Shu bois, sessiya 1 soatdan ortiq davom etdi. U Bagʼdod tumani hokimligining Аxborot xizmati rasmiy telegram kanali orqali jonli efirda namoyish etildi. (https://t.me/bagdodim_news/56090).  

Slide 1 of 16