Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 Shovot tumanida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Joriy yilning 26-fevral kuni xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati hamda xalq deputatlari tuman Kengashiga 20-Maxtumquli saylov okrugidan saylangan deputat Navro‘zov Faxriddin Qo‘zibayevich bilan hamkorlikda Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyati hamda “Yoshlarni kelajak kasblariga yo‘naltirish” mavzularida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
📌 Nazorat va o‘rganish jarayoni davom etmoqda
янв.21
Seminar trening!
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal qilindi ✅
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal qilindi ✅
янв.21
2026-yil 24-fevral kuni xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati hamda Shovot tumani Huquqiy maslahat byurosi hamkorligida Shovot tumani 1-son politexnikumida “Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA BIRINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Joriy yilning 23-fevral kuni xalq deputatlari Shovot tumani Kengashiga 12-Аrbob saylov okrugidan saylangan deputat Nurjanova Matluba Odambayevna 2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturida belgilangan vazifa va topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo'yicha Arbob mahallasida uchrashuv tashkil qildi.
янв.21
Joriy yilining 20-fevral kuni  xalq deputatlari Shovot tumani Kengashiga 7-Idali qal'a saylov okrugidan saylangan deputat Yaxshimuratova Muxabbat Allaberganovna Shovot tumani "Euroteks” MChJ da 2026-yil- "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"davlat dasturida belgilangan vazifa va topshiriqlar ijrosini bajarishga qaratilgan tadbirda ishtirok etdi.
Deputatlar va mahalla yettiligi: hamkorlikda taraqqiyot yo‘lida

Deputatlar va mahalla yettiligi: hamkorlikda taraqqiyot yo‘lida

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova va tuman Kengashi deputati N.Alimov “Shodlik” mahallasi yettiligi faoliyati bilan tanishib, hududlarni rivojlantirish va aholi muammolarini hal etishda hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Uchrashuv davomida:

Mahalla hududini rivojlantirish va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni mustahkamlash,

Madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish,

Moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil etish,

Kambag‘al oilalarga ajratilayotgan mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish,

Kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini rivojlantirish,

Aholi bandligini taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

Deputatlar mahalla yettiligi bilan yaqindan tanishib, hududlarni rivojlantirish bo‘yicha rejalarni amalga oshirishda mahalla faollari va aholi bilan doimiy muloqotda bo‘lishlarini taʼkidladilar.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 4