Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashidagi O`zbekiston XDP deputatlik guruhi a`zolari tomonidan tumandagi Markaziy kasalxonaning qon kuyish bo`limida aholiga ko`rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri tashkil etildi.
Nazorat jarayonida bo`limning moddiy-texnika bazasi, sanitariya holati, tibbiy jihozlardan foydalanish tartibi, donorlik qonini qabul qilish va saqlash sharoitlari hamda bemorlarga xizmat ko`rsatish tizimi atroflicha o`rganildi. Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan
ishlash holati va xizmat ko`rsatishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilinishi tahlil qilindi. Tadbir davomida bo`lim shifokorlari va tibbiyot xodimlariga aholiga beminnat va sifatli tibbiy xizmat ko`rsatish, tibbiy etika va deontologiya qoidalariga qat`iy rioya etish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo`yicha huquqiy tushunchalar berildi. Shu bilan birga, sog`liqni saqlash tizimida fuqarolar ishonchini mustahkamlash, inson qadrini ulug`lash va ijtimoiy adolat tamoyillarini ta`minlash muhim vazifa ekani ta`kidlandi.