Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
Deputatga qilingan murojaat amaliy yechim topdi!

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi 12-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat J.Xudoyevga “Mustaqillik” MFY Arabxona qishlog‘ida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro Jalol Homitov murojaat qilib, uzoq yildan buyon 1-guruh nogironi ekanligi, oilaviy ijtimoiy iqtisodiy ahvoli yomonligi, elektron nogironlik aravachasi olish istagi borligini bayon qilib, amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan edi.  

Deputat faoliyatining eng muhim yoʻnalishlarining 18-bandida Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning toʻgʻri qoʻllanilishi holati deputat nazoratida bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Deputat J.Xudoyev tomonidan fuqaro murojaati belgilangan tartibda o‘rganib chiqib amaliy yordam berilishi bildirildi. Qisqa muddatlarda Nogironlar jamiyati hamda tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazi bilan hamkorlikda ushbu masala hal qilinib, elektron nogironlik aravachasi olib berildi. https://t.me/JondorKengashi

Slide 1 of 4