Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌿 Obod hudud – farovon hayot va sog‘lom ekologiya garovi
янв.21
📍 DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUROJAATLARINI O‘RGANDI: MUAMMOLAR JOYIGA CHIQIB KO‘RILDI
янв.21
📍 DEPUTATLIK NAZORATI | "ISTIQBOL" MAHALLASIDA MAHALLA AGENTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
📍 DEPUTATLIK NAZORATI | ISTIQBOL MAHALLASIDA IQTISODIY NATIJALAR TAHLIL QILINDI
янв.21
🏛 Deputat so‘rovi: aholi murojaatlari amaliy nazoratda
янв.21
🏛 Deputat so‘rovi: aholini suyultirilgan gaz bilan o‘z vaqtida ta’minlash masalasi nazoratga olindi
янв.21
👮 Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
🌱 Yoshlarning tadbirkorlik faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
🛣 Bo‘ston mahallasidagi ichki yo‘l va elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
🏢 Ko‘p kvartirali uylarning holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati Mamatmirzayeva Raxima Shaydulovna tomonidan saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida saylovchilarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda aholi turmush sharoitini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar belgilab olindi. Uchrashuv jarayonida yoshlar tarbiyasi, bandlik, ijtimoiy himoya, ta’lim va sport sohasidagi muammolar ham alohida e’tiborga olindi. Deputat tomonidan saylovchilar bilan doimiy muloqotni kuchaytirish, aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi. Bunday uchrashuvlar fuqarolar bilan yaqin hamkorlikni mustahkamlash, ularning taklif va fikrlarini inobatga olgan holda hududni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1