Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌿 Obod hudud – farovon hayot va sog‘lom ekologiya garovi
янв.21
📍 DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUROJAATLARINI O‘RGANDI: MUAMMOLAR JOYIGA CHIQIB KO‘RILDI
янв.21
📍 DEPUTATLIK NAZORATI | "ISTIQBOL" MAHALLASIDA MAHALLA AGENTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
📍 DEPUTATLIK NAZORATI | ISTIQBOL MAHALLASIDA IQTISODIY NATIJALAR TAHLIL QILINDI
янв.21
🏛 Deputat so‘rovi: aholi murojaatlari amaliy nazoratda
янв.21
🏛 Deputat so‘rovi: aholini suyultirilgan gaz bilan o‘z vaqtida ta’minlash masalasi nazoratga olindi
янв.21
👮 Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
🌱 Yoshlarning tadbirkorlik faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
🛣 Bo‘ston mahallasidagi ichki yo‘l va elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
🏢 Ko‘p kvartirali uylarning holati o‘rganildi
Aholi salomatligi e’tiborda

Ulug‘nor tumani Cho‘lobod mahalla fuqarolar yig‘inida aholining salomatligini mustahkamlashga qaratilgan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Ushbu tadbirda turli yoshdagi fuqarolar faol ishtirok etib, malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tish imkoniga ega bo‘ldilar.

Tibbiy ko‘rikni tashkil etish va aholining unda faol qatnashishini ta’minlashda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Nishonov Nodirbek Rustamovich faol tashabbus ko‘rsatdi. Deputat tomonidan yurtimizda tibbiyot sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, aholiga yaratilayotgan qulayliklar va bepul tibbiy xizmatlarning ahamiyati haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Mazkur tadbir sog‘liqni saqlash tizimini aholiga yanada yaqinlashtirish, fuqarolarning tibbiy madaniyatini oshirish hamda davlatimiz rahbarining inson salomatligini ustuvor vazifa sifatida belgilagan siyosatini amaldagi ifodasi bo‘ldi. 

Slide 1 of 5