Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI
янв.21
📢 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING 27-SESSIYASI CHAQIRILADI
янв.21
🚫 Inson qadri – oliy qadriyat!
янв.21
Istiqbol mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning tom qismini ta’mirlash masalasi joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
🏗 Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏛 Yoshlar muammolarini hal etish borasidagi ishlar o‘rganildi.
янв.21
🏛 Deputatlik nazorati amalda!
янв.21
✅ DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI OLDIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
Mashhur Chiyal bozori yangi qiyofa kasb etadi.

Ko‘kdala tumanida savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida yana bir muhim tashabbus amalga oshirilmoqda. Xususan, Chiyal hududida joylashgan oziq-ovqat dehqon bozorini to‘liq qayta ta’mirlash va uni zamonaviy talablarga mos holda yangilash rejalashtirilmoqda.

Mazkur masala yuzasidan Ko‘kdala tumani hokimi, tuman Kengashi deputati X.Djurayev, tuman prokurori B.Bekbutayev hamda tuman IIB rahbari R.Temirov ishtirokida muhokamalar o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida bozor hududini obodonlashtirish, savdo sharoitlarini yaxshilash hamda aholiga yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hudud brendi sifatida tanilgan “Yaxna” milliy taomi asosida gastronomik turizmni rivojlantirish, mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun jozibador sharoitlar yaratish, bozor atrofi infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida shakllantirish masalalari muhokama qilindi. 

Jumladan, keng va qulay avtoturargohlar barpo etish orqali tashrif buyuruvchilar uchun qulayliklar yaratish ko‘zda tutilmoqda.

Loyihani samarali amalga oshirish maqsadida Chiyal hududidagi faollar hamda tadbirkorlar bilan o‘zaro fikr almashilib, ishlarni olib borish yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu esa loyiha hudud aholisining ehtiyoj va takliflari asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Rejalarga muvofiq, tez orada Chiyalning taniqli dehqon bozori yangicha, zamonaviy va milliy ruh uyg‘unlashgan qiyofada aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Ushbu tashabbus nafaqat savdo madaniyatini yuksaltirishga, balki hududning turistik salohiyatini oshirishga ham xizmat qiladi.

Slide 1 of 5