Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–172-sonli farmoni ijrosini tumanda to‘liq va sifatli ta’minlash maqsadida mas’ul ishchi guruh tomonidan 2026-yil 28-yanvar kuni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–172-sonli farmoni ijrosini tumanda to‘liq va sifatli ta’minlash maqsadida mas’ul ishchi guruh tomonidan 2026-yil 28-yanvar kuni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganishlar davomida doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan, biroq huquqi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan holda amalda foydalanib kelinayotgan yer uchastkalari mavjudligi aniqlandi. Ushbu yerlar bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiq, yer foydalanuvchilari bilan tuman hokimi o‘rtasida ijara shartnomalarini rasmiylashtirish zarurati belgilandi.

Mazkur tadbirlar yer munosabatlarini qonuniy asosda tartibga solish, yer uchastkalaridan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash, shuningdek, kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy muammolarning oldini olishga xizmat qiladi.

Bu boradagi ishlar belgilangan tartibda bosqichma-bosqich davom ettiriladi va aniqlangan yer uchastkalari bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.

Slide 1 of 10