Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
#jarayon

Deputat tomonidan maktabni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganildi

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati Ibodov Ilxom tomonidan 54-umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi. O‘rganish davomida maktab binosining isitish tizimi, tom qismi, deraza va eshiklarning holati, sinfxonalar hamda yordamchi xonalar tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi. Maktabda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi, yong‘in o‘chirish vositalarining mavjudligi hamda o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar ham sinchkovlik bilan tahlil qilindi.

O'quvchilarning salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida maktabda muntazam ravishda sanitariya-gigiyena talablari bajarilishi, isitish tizimi barqaror ishlashi kerakligi qayd etildi.

Deputat o‘zining chiqishida:

“Yosh avlodga sifatli ta’lim berish uchun avvalo ularning o‘qish sharoitlari qulay bo‘lishi zarur. Maktablarimiz kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyor holatga keltirilishi bu boradagi muhim vazifalardan biridir,” — deya ta’kidladi.

Slide 1 of 1