Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
📊 Mahallada kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni oshirish ishlari jadallashmoqda 📈
янв.21
📢📌 MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🎯👉 DEPUTAT SO‘ROVI ASOSIDA KO‘TARILGAN MASALA BARTARAF ETILDI
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda “Adolat” SDP tuman Kengashi deputatlik guruhining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xotin-qizlar faollari faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
🏘 Istiqbol mahallasida infratuzilma va obodonlashtirish masalalari deputatlar nazoratida
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida deputatlar faol ishtirok etishmoqda!

Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari izchil davom etmoqda!

Bugun ekologiyani asrash, yashil hududlarni kengaytirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublikaning barcha hududlarida keng ko‘lamli ko‘chat ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha orqali shahar va tumanlarda yashil maydonlar qamrovini oshirish, ekologik muvozanatni tiklash hamda aholiga yanada qulay yashash muhiti yaratish ko‘zda tutilgan.

Shu maqsadda Kogon tumanida ham loyiha doirasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Jumladan barcha hududlardagi ijtimoiy soha obyektlari, aholi xonadonlari, fermer xo‘jaliklari, ayniqsa dala maydonlari va yo‘l bo‘ylarida noyob, manzarali daraxt ko'chatlari ekilmoqda. Mazkur ishlar nafaqat hududning ko‘rkamligini oshiradi, balki kelgusida iqtisodiy samaradorlik ham berishi, ekologik muhitni yaxshilashi bilan ahamiyatlidir.

“Yashil makon” loyihasining Kogon tumanida olib borilayotgan amaliy ishlari — ekologik farovonlik, toza havo va yashil muhitni avlodlarga meros sifatida qoldirishga qaratilgan ezgu tashabbusning yana bir yorqin ko‘rinishidir.

Jumladan, Kogon tumanida ham yashil makon umummilliy loyihasi doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. bugun 29-noyabr kuni tumanda tashkil qilingan yoshlar markazida ko'chat ekish ishlari boshlandi. Tuman Kengashi deputatlari ham ushbu savol ishga o'z hissalarini qo'shishmoqda.

Xususan tuman kengashi raisi O.Qazoqov boshchiligida boshlangan ushbu ezgu ishga tumandagi barcha korxona va tashkilot rahbarlari jalb qilinib, ushbu amaliy tadbirga barcha mutasaddi tashkilot rahbarining ishtiroki ta'minlandi.

Yaxshidan bog' yomondan dog' qoladi deganlariga o'xshab deputatlar ushbu amaliy tadbirga faol ishtgirok etishdi. 

Slide 1 of 5