Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
янв.21
📊 Mahallada kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni oshirish ishlari jadallashmoqda 📈
янв.21
📢📌 MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🎯👉 DEPUTAT SO‘ROVI ASOSIDA KO‘TARILGAN MASALA BARTARAF ETILDI
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda “Adolat” SDP tuman Kengashi deputatlik guruhining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xotin-qizlar faollari faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
🏘 Istiqbol mahallasida infratuzilma va obodonlashtirish masalalari deputatlar nazoratida
To`y va oilaviy tantanalarni tartibga solish yangi qoidalar va amaliyotlar

 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi hamda Oliy Majlis Senati Kengashining 2019-yil
14-sentyabrdagi “To`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar o`tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi 2736-III/KQ592-III-sonli qo`shma qarori ijrosini ta`minlash maqsadida 73-DIUMda Beshtol hamda Xamza mahallalari aholisi vakillari bilan tuman ishchi guruxining targ`ibot-tashviqot uchrashuvi o`tkazildi.
Tadbirda tuman ishchi guruh a`zolari va turli sohalarda
faoliyat yuritayotgan mutaxassislar Parlament qo`shma qarori bilan tasdiqlangan Nizomning mazmun-mohiyati, unda belgilangan me`yor va talablarning aholining turmush tarzi, oilaviy tadbirlarning tashkil etilishi hamda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga ta`sirini batafsil tushuntirib berildi.
Targ`ibot jarayonida ayniqsa to`y va ma`rakalarni ortiqcha isrofgarchilikka yo`l qo`ymagan holda, milliy qadriyat va an`analarga mos ravishda o`tkazish, odob-axloq me`yorlariga rioya qilish, jamoat tartibini saqlash kabi masalalarga alohida e`tibor qaratildi. Ishchi guruh a`zolari qarorda belgilangan cheklovlar va tavsiyalarning aholining manfaatlarini ko`zlab, ijtimoiy barqarorlikni ta`minlash hamda yurtdoshlarimizning turmush sharoitini yaxshilashga qaratilganini ta`kidladilar. Tadbir jarayonida fuqarolarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi. Mahalla aholisiga qo`shma qaror ijrosini ta`minlashda keng jamoatchilik nazorati va fuqarolar faolligining muhimligi ham ta`kidlab o`tildi. Tashkil etilgan targ`ibot tadbiri aholi o`rtasida mas`uliyat
va xabardorlikni yanada oshirishga, to`y-marosimlarni sof milliy ruhda, tartib va me`yorlarga muvofiq o`tkazishga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 6