Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
♿️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar va imtiyozlar qo‘llanilishi o‘rganildi
янв.21
🏃‍♂️ Shovot tumanida sport obyektlaridagi sharoitlar va imkoniyatlar o‘rganildi 🏅
янв.21
🏃‍♂️ Shovot tumanida sog‘lom turmush tarzi va sportni rivojlantirish ishlari o‘rganildi 🏅
янв.21
📌 MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
NORMATIV-HUQUQIY TUSDAGI QARORLARNI QABUL QILISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
Uch avlod uchrashuvi - avlodlar o‘rtasidagi bog‘lanish timsoli

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining 2025-yilga tasdiqlangan ish rejasiga asosan Xalq deputatlari shahar kengashi deputati T.Niyazov shahar Politexnikumida “Uch avlod uchrashuvi” tadbirini tashkil etdi. Tadbirda “Nuroniy” jamg‘armasi Bekobod shahar bo‘limi faxriy nuroniylari, ustoz-murabbiylar hamda yoshlar ishtirok etdilar. Hamkorlikdagi ushbu tadbirning asosiy maqsadi keksa, o‘rta va yosh avlod vakillari o‘rtasidagi uzviy bog‘lanishni mustahkamlash, milliy qadriyatlar, urf-odatlar va hayotiy tajribalarni yoshlarga etkazishdan iboratdir. Shuningdek, deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyuldagi
“Turizm to‘g‘risida”gi O‘RQ-549-sonli qonunning mazmun va mohiyati bilan tanishtirib, ichki turizmni rivojlantirish yuzasidan bir qancha tadbirlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o‘tdi. Bundan tashqari uchrashuv davomida nuroniylar o‘z hayotiy tajribalari, o‘tgan yillar xotiralari va bugungi tinch, farovon hayotning qadri haqida samimiy suhbatlar o‘tkazdilar. Yoshlar esa o‘z navbatida ustozlar va nuroniylardan ibrat olish, bilimli, vatanparvar va ma’naviyatli bo‘lish zarurligi haqidagi fikr-mulohazalarni
tinglab, ulardan kuchli motivatsiya oldilar.
  

Slide 1 of 3