Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
♿️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar va imtiyozlar qo‘llanilishi o‘rganildi
янв.21
🏃‍♂️ Shovot tumanida sport obyektlaridagi sharoitlar va imkoniyatlar o‘rganildi 🏅
янв.21
🏃‍♂️ Shovot tumanida sog‘lom turmush tarzi va sportni rivojlantirish ishlari o‘rganildi 🏅
янв.21
📌 MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
NORMATIV-HUQUQIY TUSDAGI QARORLARNI QABUL QILISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
Termiz shahar Alpomish" mahallasidagi RK-5 mahalliy qozonxona, qozon va issiqlik tarmoqlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlar tomonidan o‘rganildi.

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati G.Kravchenya hamda shahar Kengashi deputatlari A.Mustafakulov, A.Ashurov bilan birgalikda Termiz shahrida "Alpomish" mahallasidagi RK-5 mahalliy qozonxona, qozon va issiqlik tarmoqlari holatini o‘rgandi.
Dastlab, o‘rganish jarayonida RK-5 mahalliy qozonxona isitish tizimlari, issiq suv ta’minoti, quvurlar hamda qozonxona holati joyida ko‘zdan kechirildi. Deputatlar hududdagi turar joylar va ijtimoiy obyektlarga isitish energiyasi yetkazib berish holati ko‘zdan kechirildi, ayrim texnik kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish zarurligini ta’kidladi.
So‘ngra, deputatlar tomonidan "Alpomish" mahallasidagi 13-son umumta’lim maktabida RK-5 mahalliy qozonxona tomonidan issiqlik ta'minoti bilan ta'minlanish holatini o‘rganishdi. O‘quvchilar darslarni iliq va xavfsiz muhitda o‘tishlari uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarni yaratish masalasi alohida e’tiborga olindi.
O‘rganish yakunida deputatlar tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi. Aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga so'rovlar yuborildi.

Slide 1 of 16