Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 29-son maktabda ovqatlanish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 1-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoringi davom etmoqda
янв.21
📢 Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish
янв.21
📄 Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha deputatlik nazorati
янв.21
🌿 O‘simliklarni himoya qilish sohasida deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda
янв.21
Deputat soʻrovi: Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi boʻyicha 11 ta hududiy dastur ijrosi nazoratga olindi
янв.21
🚶‍♂️📢 Deputat tomonidan joyiga chiqib murojaat o‘rganildi
янв.21
🍽 Doimiy komissiya tomonidan maktabdagi sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
🍽 37-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
“Farg‘ona tumanida aholi muammolarini o‘rganish va manzilli yechim topish bo‘yicha Gulpiyon mahallasida ochiq muloqot”

 “Farg‘ona tumanida aholi
muammolarini o‘rganish va manzilli yechim topish bo‘yicha Gulpiyon mahallasida
ochiq muloqot”
 

  

Farg‘ona tumanida aholining ijtimoiy
va iqtisodiy dolzarb muammolarini aniqlash, ularga manzilli va samarali yechim
topish maqsadida mahalla faollari bilan ochiq muloqotlar muntazam olib
borilmoqda.
 

Shu jarayonda navbatdagi uchrashuv
tumanning Gulpiyon mahalla fuqarolari yig‘inida bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq
deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Mustafo Yo‘ldashev mahalla
faollari bilan bevosita uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy va
infratuzilma loyihalari bilan yaqindan tanishdilar.
 

Uchrashuv
davomida mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, yoshlar va
xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy ko‘mak va xizmatlar
samaradorligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Mavjud
muammolarning har biri chuqur tahlil qilinib, ularni hal etishga qaratilgan manzilli,
amaliy va ijtimoiy ahamiyatga ega chora-tadbirlar belgilab olindi.
 

Shuningdek, uchrashuv davomida
aniqlangan muammolar bo‘yicha tegishli mas’ullarga “Deputatlik so‘rovi”
yuborish masalasi ham kelishib olindi.
 

Mazkur uchrashuv aholi vakillari
bilan doimiy muloqotni kuchaytirish, mahalladagi muammolarni o‘z vaqtida
aniqlash va ularni samarali hal etishda muhim qadam sifatida baholanadi.
Shuningdek, bu turdagi uchrashuvlar aholining ishonchini oshirish va
mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 3