Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌✨ SHOVOT TUMANI BUDJETI: QO‘SHIMCHA MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
🏛 RASMIY QAROR
янв.21
📍 Yangi ish o‘rinlari — mahalla taraqqiyotining muhim qadami
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov o‘z saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi tomonidan Mevazor mahallasida yoshlar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 To‘qmang‘itdagi 19-son maktabda ovqatlantirish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoring qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik nazorati — bolalar salomatligi va sifatli ta’lim kafolati!
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi bilan uchrashuvi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Bahromjon Djalilov Yuksalish MFYda bo‘ldi.

Shahar Kengashi deputati Bahromjon Djalilov yangi barpo etilgan mahalla binosini ko‘zdan kechirdi. Mahalla yettiligi bilan uchrashib ular faoliyati bilan o‘rtoqlashdi. Profilaktika inspektori katta leytenant Boburjon Musayev bilan jinoyatchilikni oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha alohida suhbatlashildi.

Mahalla hududidagi infratuzilma, kamchilik va muammolar o‘rganildi. Jumladan, Marg‘ilon shahri va Qo‘shtepa tumanini birlashtiruvchi yangi ko‘prik qurildi. Kuz-qish mavsumida aholiga yangi transformator olingani va eskisini o‘rniga almashtirish lozimligi kabi masalalar o‘rganildi. 

O‘rganish jarayonida deputat tomonidan mas’ullar bilan hamkorlikda mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Shu bilan birga, mahalla aholisi farovonligini oshirish, yashash sharoitlarini yanada yaxshilash va ijtimoiy faollikni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Slide 1 of 7