Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌✨ SHOVOT TUMANI BUDJETI: QO‘SHIMCHA MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
🏛 RASMIY QAROR
янв.21
📍 Yangi ish o‘rinlari — mahalla taraqqiyotining muhim qadami
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov o‘z saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi tomonidan Mevazor mahallasida yoshlar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 To‘qmang‘itdagi 19-son maktabda ovqatlantirish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoring qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik nazorati — bolalar salomatligi va sifatli ta’lim kafolati!
JIZMONSOY MAHALLASIDAN MA’NAVIYAT VA TURIZM UYG‘UNLIGI

 Jizmonsoy mahallasida joylashgan Shayx Saidmuhammad
Xalifa Yo‘ldosh ibn Davlat ziyoratgohida bugungi kunda keng ko‘lamli
bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ziyoratgoh
nafaqat diniy-ma’naviy qadriyatlarimizni yodga soluvchi muqaddas maskan, balki
ichki turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi nuqta sifatida ham
alohida o‘rin tutadi.
 

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri
M.Teshayev mazkur ziyoratgohda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan
tanishdi. Mazkur ziyoratgohning ichki turizmdagi ahamiyati, ziyoratchilar uchun
yaratilayotgan qulay sharoitlar va maskanni zamonaviy qiyofaga keltirish,
ziyoratgoh hududini obod qilish, uni zamon talablariga mos holda ta’mirlash
hamda ziyoratchilar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish bo‘yicha taklif
bildirdi.
 

Shayx Saidmuhammad Xalifa Yo‘ldosh ibn Davlat ziyoratgohining ma’naviy va madaniy
qiymatini yanada oshirish, mahalliy turizm salohiyatini yuksaltirishga xizmat
qilishi, ziyoratgoh atrofida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari
tumandagi har bir muqaddas qadamjoni asrab-avaylash, ularni kelajak avlod uchun
munosib holda saqlab qolish borasidagi ezgu sa’y-harakatlarning yorqin
ifodasidir.
  

Slide 1 of 4