Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
Deputat faoliyatidan

 #deputat_hududda 

Deputat ko‘magi bilan tibbiyot maskani
mavsumni betalofot o‘tkazadigan bo‘ldi
 

 Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi
deputati Rustam Abdullaev o‘zi saylangan okrug hududi joylashgan ijtimoiy ob’ektlarning
kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rganish maqsadida “Sanam” oilaviy shifokorlik
punktida bo‘ldi.
 

🔍 Oilaviy shifokorlik punktida ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat
sifati, bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar, maskanning moddiy-texnik
bazasini ko‘zdan kechirdi.
 

🔍 O‘rganishlar asnosida bugungi kunda tumanning “Ovjaz”,
“Sanam”, “Toshariq” MFYlarida yashovchi 7500dan ortiq aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadigan
muassasaning isitish tizimi talabga javob bermasligiga aniqlik kiritildi.
 

🔍 Ma’lum bo‘lishicha, issiqlik tizimida o‘rnatilgan suv
nasosi kuyganligi tufayli tibbiyot maskanini isitishda noqulayliklar yuzaga kelgan.
 

🔍 Xalq vakili tuman suv ta’minoti rahbariyatiga, amaliy
yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilishi natijasida maskanga suv nasosi yetkazib
berilib, muammo joyida o‘zining ijobiy yechimini topdi.
 

🔍 Aytish joizki, mazkur o‘rganish deputat Rustam Abdullaevning
aholi murojaatlari bilan samarali ishlash borasidagi amaliy harakatlaridan biri,
xolos. Jonkuyar xalq vakilining aholining turmush farovonligini oshirish, ularning
haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan murojaatlariga ijobiy yechimlar topish yo‘lidagi
izlanishlari davom etmoqda.
  

Slide 1 of 2