Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
📎Munosabat:🤩Ustuvor vazifalar belgilab olindi

                                                                    

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 10-noyabr kuni tibbiyot sohasi vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvi mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish, aholiga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan tibbiyot sohasidagi mavjud muammolar ochiq-oydin tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgani bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlarning izchil davom ettirilayotganidan dalolat beradi. Ayniqsa, tibbiyot xodimlarining mehnatini munosib rag‘batlantirish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, zamonaviy infratuzilma va texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgani e’tiborga molikdir. Mazkur uchrashuv tibbiyot tizimi xodimlari uchun katta ruhiy turtki bo‘lib, ularning oldiga yangi maqsad va vazifalarni qo‘ydi. 

Biz, yosh deputatlar, ushbu tashabbus va topshiriqlarning joylarda to‘liq va samarali amalga oshirilishi uchun o‘z faoliyatimizda sog‘liqni saqlash tizimi vakillari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganib, tegishli tashkilotlarga yetkazish orqali o‘z hissamizni qo‘shamiz.

   "Adolat" SDP Qo‘shko‘pir tuman Kengashi raisi,deputat O.Karimov