Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
Zarbdorda “Ixchamlik — bu madaniyat” g‘oyasi keng targ‘ib etilmoqda

Tadbirda Zarbdor tuman hokimi o‘rinbosari D.Xolmurzayeva hamda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati, Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi rahbari T.Qodirov ishtirok etib, Yoshlik mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.

Madaniyat va qadriyatlar uyg‘unligi

Uchrashuv davomida xalqimiz orasida ixchamlik, kamtarlik va shukronalik madaniyatini yanada mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi. Ayniqsa, to‘y va ma’rakalarni milliy qadriyatlarimizga mos, ortiqcha dabdabadan xoli tarzda o‘tkazish bugungi kun talabi ekanligi alohida qayd etildi.

Yoshlar va moliyaviy savodxonlik

Muloqot chog‘ida yoshlarda moliyaviy savodxonlikni oshirish, oilaviy tadbirlarni ixcham, samimiy va mazmunli o‘tkazishga o‘rganish masalalari muhokama qilindi. Bu borada aholining turli qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

G‘oyani hayot tarziga aylantirish yo‘lida

Tadbir yakunida “Ixchamlik — bu madaniyat” g‘oyasini har bir mahallada keng targ‘ib etish, uni hayot tarziga aylantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ishtirokchilar bunday tashabbuslar xalqimizning milliy ruhiyatini mustahkamlash, jamiyatda sog‘lom fikr va madaniyatni rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladilar. 

Slide 1 of 2