Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
Sog‘lom jamiyat — taraqqiyot poydevori

Sog‘lom jamiyat — taraqqiyot poydevori

Davlatimiz rahbarining tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvi sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Muloqot davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, profilaktik ishlarni kuchaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va tibbiyot kadrlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar va topshiriqlar soha vakillariga yangi kuch va mas’uliyat bag‘ishlaydi. Bu tashabbuslar inson salomatligini eng oliy qadriyat sifatida e’tirof etish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va tibbiyot tizimini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish yo‘lidagi qat’iy irodani ifodalaydi.

Bugun har bir tibbiyot xodimi xalqimiz farovonligi va kelajagi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilmoqda. Davlat tomonidan berilayotgan e’tibor va imkoniyatlar esa ularning mehnatini yanada qadrlashga, sohada samaradorlikni oshirishga zamin yaratadi.

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati Ubaydullo Xusanov