Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

DEPUTATLAR TA’LIM MUASSASALARIDA YARATILGAN SHAROITLARNI O‘RGANDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 25-Boyqishloq saylov okrugi deputati O. Tursunov hamda

10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamovlar tumandagi umumta’lim maktablarida deputatlik nazoratini amalga oshirdilar.

Nazorat davomida ta’lim muassasalarining sport zallari, mavjud sport anjomlari, ularning texnik va sanitariya holati o‘rganildi. Deputatlar maktab rahbariyati, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari hamda mahalla faollari bilan suhbat o‘tkazib, yoshlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Tashrif davomida mavjud kamchiliklar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi hamda muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga topshiriqlar yuklatildi.

Deputatlar tomonidan bu kabi nazorat tadbirlari ta’lim muassasalarida sog‘lom muhitni ta’minlash, yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish va jismoniy tarbiya infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida muntazam ravishda olib borilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5