Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
Ro‘yxatga olish jarayonida ishtirok etuvchi xodimlar uchun seminar tashkil etildi.

 O‘zbekiston Respublikasida 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi. Prezidentning PF-173- sonli “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish
tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan ro‘yxatga olish ishlari “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshiriladi.

Shu kunlarda joylarda “mahalla yettiligi” xodimlarining ko‘nikmalarini oshirish, ularga savolnoma shakllarini tushuntirish hamda axborot tizimidan samarali foydalanishni o‘rgatish ishlari tashkil etilmoqda.

Xorazm viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Urganch shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlari faollarining bir guruhi uchun o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminarda xalq deputatlari shahar Kegashi deputati D.Atayeva ishtirok qildi.

Ta’kidlash lozimki, ro‘yxatga olishni to‘g‘ri tashkil etish, olinadigan ma’lumotlarning aniq va to‘liqligi “mahalla yettiligi” xodimlarining ko‘nikmalarini oshirishga, ular tomonidan ro‘yxatga olish tadbirining maqsadini, so‘rovnoma shakllarining
mohiyatini respondentga (aholiga) to‘liq va tushunarli tarzda yetkazilishiga bevosita bog‘liq.

Slide 1 of 1