Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Madaniyat sohasidagi hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 51-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish holati nazorat qilindi
янв.21
📌 12-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📢 Shovot tumani Ichki ishlar bo‘limi faoliyati yuzasidan deputat so‘rovi
янв.21
📌 38-son maktabda ovqatlantirish sifati va sanitariya talablari nazorat qilindi
янв.21
📌 “Ixtiyor mebel” faoliyati o‘rganildi: yangi ish o‘rinlari yaratildi
янв.21
📌 Madaniyat markazi faoliyati va ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
📌 Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligi masalalari o‘rganildi
янв.21
📌 Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi: yangi elektr sim ustuni o‘rnatildi
XALQ DEPUTATLARI MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARI FAOLLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI

 Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati B.Karimova hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati T.Sattarov tomonidan “Karsagan” mahallasi faollari bilan hamkorlikda keng qamrovli uchrashuv tashkil etildi. 

Mazkur uchrashuv mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash, fuqarolarning fikr va takliflarini tinglash hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida o‘tkazildi. 

Tadbirda mahalla faollari va mahalla yettiligi, shuningdek, fuqarolar keng jamoatchilik ishtirok etdi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda aholi tomonidan kommunal xizmatlar, ichki yo‘llar ta’miri, ichimlik suvi ta’minoti, elektr ta’minoti, ishsizlik va boshqa yo‘nalishlardagi muammolar ko‘tarildi. 

Deputatlar har bir muammoga alohida e’tibor qaratib, hal etilishi uchun mas’ul tashkilotlarga tegishliligi bo‘yicha deputatlik so‘rovnoma chiqarishini ma’lum qildi. Shuningdek, ayrim masalalar joyida hal etildi. 

Uchrashuvdan so‘ng deputatlar mahalladagi ijtimoiy obyektlarga — maktab, bog‘cha, oilaviy poliklinika hamda aholi yashash manzillariga tashrif buyurib, ularning holati bilan tanishdilar. Obyektlardagi mavjud shart-sharoitlar, ta’mirlashga muhtoj jihatlar o‘rganildi va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha tegishli choralar belgilab olindi. 

Xususan, mahalladagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, gulzor va yashil hududlar tashkil etish, aholi uchun dam olish maskanlarini yaratish, shuningdek, bolalar maydonchalarini qurish bo‘yicha dastlabki rejalar ishlab chiqildi. 

Deputatlar mahallada amalga oshiriladigan har bir ishlar aholining bevosita fikri va taklifi asosida bajarilishini ta’kidlab, jamoaviy hamkorlikda har qanday muammoni yengib o‘tish mumkinligini ta’kidlashdi. 

  Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 13