Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Madaniyat sohasidagi hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 51-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish holati nazorat qilindi
янв.21
📌 12-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📢 Shovot tumani Ichki ishlar bo‘limi faoliyati yuzasidan deputat so‘rovi
янв.21
📌 38-son maktabda ovqatlantirish sifati va sanitariya talablari nazorat qilindi
янв.21
📌 “Ixtiyor mebel” faoliyati o‘rganildi: yangi ish o‘rinlari yaratildi
янв.21
📌 Madaniyat markazi faoliyati va ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
📌 Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligi masalalari o‘rganildi
янв.21
📌 Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi: yangi elektr sim ustuni o‘rnatildi
"Deputat-maxallada" loyihasi doirasida

 Jalaquduq tumandagi 26-umumta’lim maktabida “Deputat-mahallada” loyihasi doirasida navbatdagi
uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Ibrat, Abdullabiy va Qalambek mahallalarida yashovchi fuqarolar, mahalla faollari hamda mahalliy tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda viloyat Kengashi deputati Obidjon Nosirov va tuman Kengashi deputati Nafisa Abdumo‘minova ishtirok etib, aholi bilan ochiq, samimiy va amaliy muloqot olib borishdi. Aholi tomonidan ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar, ayrim ko‘chalarda suvning yo‘qligi, yoshlar uchun doimiy ish o‘rinlari yetishmasligi, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari, mahalladgi ichki yo‘llarni ta’mirlash, ayniqsa yomg‘irli kunlarda harakat qiyinlashishi munosabati bilan muloqotlar o‘ragnilib, deputatlar aholi tomonidan bildirilgan har bir masalani diqqat bilan eshitib, ularni manzilli hal etish bo‘yicha vazifalar belgiladi. “Deputat-mahallada” loyihasi xalq va deputat o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholi muammolarini eshitish va joylardagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan. Bunday uchrashuvlar orqali fuqarolar o‘z vakilini taniydi, muammolar yechim topadi, eng muhimi - davlat bilan jamoatchilik o‘rtasida ishonch mustahkamlanadi.  

Slide 1 of 6