Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 29-son maktabda ovqatlanish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 1-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoringi davom etmoqda
янв.21
📄 Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha deputatlik nazorati
янв.21
📢 Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish
янв.21
🌿 O‘simliklarni himoya qilish sohasida deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda
янв.21
Deputat soʻrovi: Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi boʻyicha 11 ta hududiy dastur ijrosi nazoratga olindi
янв.21
🚶‍♂️📢 Deputat tomonidan joyiga chiqib murojaat o‘rganildi
янв.21
🍽 Doimiy komissiya tomonidan maktabdagi sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
🍽 37-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
TUMAN KENGASHI DEPUTATINING «MAHALLA YETTILIGI» BILAN HAMKORLIGI

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi deputati Sh.Norqobilov “Gulobod” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 14.01.2025-yilda qabul qilingan KQ-35-sonli qarori ijrosi yuzasidan aholi muammolarini samarali hal etish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, aholining ijtimoiy xizmatlardan xabardorligini oshirish bo‘yicha sayyor yig‘ilish o‘tkazdi. 

Deputat tomonidan yig‘ilishda hududni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari ijrosini nazorat qilish, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, soliq inspektori va ijtimoiy xodimning belgilangan vazifalarni o‘zaro hamkorlikda bajarishini yo‘lga qo‘yish, mahallada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni saqlash, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish bo‘yicha tavsiyalar berilib aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan galdagi vazifalar belgilab olindi. 

Slide 1 of 5