Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Kariyev Mansur Omongeldiyevich tomonidan O‘simliklar karantini va himoya agentligi Shovot tumani bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
📊Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Ollamov G‘ayrat Ollamovich tomonidan tumandagi Bo‘yrachi mahallasida joylashgan ayrim savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
📚 O‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
📌 Shovot tumanida birlamchi tibbiy xizmatlar faoliyati amaldagi qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
MUAMMOLI HOLAT BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
🏆 Yoshlar intellektual salohiyati – e’tirof etildi
янв.21
📌 𝗠𝗔𝗛𝗔𝗟𝗟𝗔𝗗𝗔 𝗧𝗜𝗕𝗕𝗜𝗬 𝗫𝗜𝗭𝗠𝗔𝗧 𝗦𝗜𝗙𝗔𝗧𝗜 𝗩𝗔 𝗔𝗬𝗢𝗟𝗟𝗔𝗥 𝗦𝗔𝗟𝗢𝗠𝗔𝗧𝗟𝗜𝗚𝗜𝗡𝗜 𝗠𝗨𝗦𝗧𝗔𝗛𝗞𝗔𝗠𝗟𝗔𝗦𝗛
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI YO‘LLANDI
янв.21
📊 SHOVOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat e’tiborda!
Deputat tashrifi

 26 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O.B.Yuldashev Jalaquduq tumaniga tashrif buyurdi. Asosiy maqsad tumandagi energetika sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish, “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish jarayonlarini o‘rganishdan iborat edi. Aholining elektr energiyasiga bo‘lgan talabini qondirish, yashil energiyadan samarali foydalanish va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tashrif davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O.B.Yuldashevga, xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Juraev, O‘zLiDeP tuman Kengashi apparati rahbari v.b. S.Hasanov hamda tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari hamrohlik qildilar. Deputat bajarilayotgan ishlarga ijobiy baho berib, kelgusida ushbu yo‘nalishdagi chora-tadbirlarni izchil davom ettirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib o‘tdi.  

Slide 1 of 4