Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 4-8-may kunlari hududlarda quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:
янв.21
📌 Haftalik dayjest Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 27-aprel – 1-may kunlari hududlarda amalga oshirilgan tadbirlar
янв.21
📍 Shovot tumanida ekologik nazorat kuchaymoqda!
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI NAZORATDA: ICHIMLIK SUVI ISROFIGA YO‘L QO‘YILMAYDI!
янв.21
📢 Maktablarda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
🏫 Ta’lim sifati va intizom – deputatlar qat’iy nazoratida
янв.21
🚀 SHOVOTDA YANGI ISH O‘RINLARI YARATILMOQDA!
янв.21
TA’LIM VA VATANPARVARLIK TARBIYASI O‘RGANILDI
янв.21
♻️ TOZALIK — MUHIM MASALA!
янв.21
👩‍💼 Deputat tashabbusi
Davlat xizmatlari markazida monitoring o‘rganish ishlari olib borildi.

Joriy yilning sentabr oyida Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Sh.Mirzaqulov tomonidan tuman Davlat xizmatlari markazida monitoring va o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur tashrifdan asosiy maqsad — aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati, shaffoflik darajasi, xodimlarning xizmat madaniyati va muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish mexanizmlarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

Monitoring davomida deputat markazda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat turlari, ularning elektron tarzda taqdim etilishi, navbatda turish tizimi va murojaatlarning ko‘rib chiqilish tartibi bilan bevosita tanishdi.

Sh.Mirzaqulov o‘zining deputatlik vakolatlaridan kelib chiqqan holda, markaz faoliyatini tahlil qilar ekan, ayrim yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatish muddatlarini qisqartirish, aholiga qulayliklar yaratish, nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha takliflar berdi. Xususan, fuqarolarning kutish vaqtini yanada qisqartirish, interaktiv xizmatlar sonini oshirish va xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

Monitoring yakunida deputat Sh.Mirzaqulov markaz rahbariyati va mas’ul xodimlarga aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘lida olib borayotgan faoliyatlari uchun minnatdorchilik bildirdi hamda kelgusida ham bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligini ta’kidladi. 

Slide 1 of 3