Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
📊 Mahallada kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni oshirish ishlari jadallashmoqda 📈
янв.21
📢📌 MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🎯👉 DEPUTAT SO‘ROVI ASOSIDA KO‘TARILGAN MASALA BARTARAF ETILDI
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda “Adolat” SDP tuman Kengashi deputatlik guruhining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xotin-qizlar faollari faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
Tartib ostonadan boshlanadi!

 Bugungi kunda ekologik muammolar, xususan, qurilish chiqindilarining noto‘g‘ri tashlab ketilishi aholining salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli bu boradagi muammolarga befarq bo‘lmaslik har bir fuqaroning, ayniqsa, xalq vakillarining zimmasiga mas’uliyat yuklaydi. Ana shunday ijtimoiy mas’uliyatni chuqur anglagan xalq vakillaridan biri — 23-"Zarqaynar" okrugi deputati Ismoil Sagdullayev tomonidan yuzaga kelgan muammo bartaraf etildi.

Mazkur holat tumanning "Shon-Shuxrat" mahallasida ro‘y berdi. Mahalla hududidagi qurilishidan so‘ng hosil bo‘lgan qurilish chiqindilari uzoq vaqt davomida tegishli tartibda olib chiqilmay, mahalla ko‘chalarining bir qismida to‘planib qolgandi. Bu holat nafaqat ko‘zni xiralashtirar, balki piyodalar va haydovchilar uchun ham xavf tug‘dirardi. Aholi bu masala bo‘yicha bir necha bor mahalla faollariga va tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan bo‘lsa-da, muammo o‘z vaqtida hal etilmadi.

Holatga befarq bo‘lmagan deputat I.Sagdullayev joyiga chiqib, aholi bilan uchrashdi, muammoning sabablari va oqibatlarini o‘rgandi. Aholi vakillarining fikrlarini inobatga olgan holda, u ushbu chiqindilarni qisqa muddat ichida olib chiqilishi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan aloqaga chiqdi. Uning tashabbusi bilan maxsus texnika jalb etilib, bir necha kun davomida qurilish chiqindilari to‘liq yig‘ishtirilib, chiqindixonaga olib chiqildi.

 Shu bilan birga, deputat kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida mahalla faollari, quruvchilar va aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib bordi. Unda har bir fuqaroning ekologik madaniyati, obodonchilik ishlaridagi ishtiroki, qurilishdan keyingi tozalikka bo‘lgan munosabati muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5