Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
♻️ Shovot tumanida ekologik nazorat va sanitariya-tozalik ishlari o‘rganildi
янв.21
♻️ Shovot tumanida chiqindilarni boshqarish tizimi va ekologik barqarorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
♻️ Shovot tumanida chiqindilarni yig‘ib olish jarayoni o‘rganildi
янв.21
♿️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar va imtiyozlar qo‘llanilishi o‘rganildi
янв.21
🏃‍♂️ Shovot tumanida sport obyektlaridagi sharoitlar va imkoniyatlar o‘rganildi 🏅
янв.21
📌 MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏃‍♂️ Shovot tumanida sog‘lom turmush tarzi va sportni rivojlantirish ishlari o‘rganildi 🏅
янв.21
NORMATIV-HUQUQIY TUSDAGI QARORLARNI QABUL QILISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
Saylovchilar bilan uchrashuv

Bandixon tumani “Obikor” mahalla fuqarolar yig‘inida tuman Kengashi deputati X.Solomov ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida X.Solomov deputat sifatida “Obikor” mahalla fuqarolari yig‘ini aholisining muammolarini o‘rganish va ularning ijrosi yuzasidan yechim topishda ularni doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini aytib o‘tdi. Shuningdek, mahalla hududida amalga oshirilayotgan davlat dasturlaridan samarali foydalanish, aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda qarorlar qabul qilish zarurligini ta’kidladi.

Jumladan bu galgi saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlarda aholining bandligini ta’minlash hamda ularga yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va ularning muhim jihatlari tahlil etildi. Ayniqsa mahalladagi yoshlarni ko‘proq tadbirkorlik hamda tikuvchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan ko‘plab yoshlarning kelgusida faoliyatini yanada qo‘llab –quvvatlash maqsadida ularga imtiyozli ravishdagi kreditlar olishda amaliy yordam ko‘rsatish borasida chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida aholi tomonidan bildirilgan fikrlar inobatga olinib, kelgusida ularni hal qilish bo‘yicha amaliy yordam berilishi aytildi.

Slide 1 of 3