Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 29-son maktabda ovqatlanish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 1-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoringi davom etmoqda
янв.21
📢 Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish
янв.21
🌿 O‘simliklarni himoya qilish sohasida deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda
янв.21
📄 Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha deputatlik nazorati
янв.21
Deputat soʻrovi: Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi boʻyicha 11 ta hududiy dastur ijrosi nazoratga olindi
янв.21
🚶‍♂️📢 Deputat tomonidan joyiga chiqib murojaat o‘rganildi
янв.21
🍽 Doimiy komissiya tomonidan maktabdagi sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
🍽 37-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
Kelajagimiz egalari sog‘lom bo‘lsin!

 Kelajagimiz egalari sog‘lom bo‘lsin!

 

Bugun bolalarning sog‘lom
ovqatlanishi — nafaqat ota-onalar, balki jamiyatimizdagi har bir inson uchun muhim
masala. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi
deputatlari Ozodaxon Dadajonova va Shuxratjon Raximovlar Guliston mahallasidagi
37-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 100-sonli oilaviy namunaviy MTTda
bo‘lib, bolajonlarning ovqatlanish sharoiti bilan yaqindan tanishdilar.
 

Tashrif chog‘ida bolalarga
berilayotgan taomlar sifati, ularning ratsioni, ovqatlanishdagi gigiena qoidalari
ko‘zdan kechirildi. Eng muhimi — deputatlar farzandlarimizning sog‘ligiga jiddiy
tahdid soluvchi fast-fud, gazli va energetik ichimliklar kabi mahsulotlarning zarari
haqida nafaqat ta’lim muassasalari xodimlariga, balki ota-onalar va mahalla ahliga
ham samimiy va ta’sirli tarzda tushuntirish ishlarini olib bordilar.
 

Shuningdek, ta’lim tashkilotlari atrofida faoliyat yuritayotgan
savdo nuqtalarida profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, bolalar salomatligi yo‘lida
mas’uliyatli bo‘lishga chaqirildi.
 

Zero, sog‘lom bola
— sog‘lom millat kelajagi degani. Kelajagimiz egalari barkamol bo‘lishi, ularning
har tomonlama sog‘lom ulg‘ayishi uchun bunday tashabbuslar juda muhim.
  

Slide 1 of 2