Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌✨ SHOVOT TUMANI BUDJETI: QO‘SHIMCHA MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
🏛 RASMIY QAROR
янв.21
📍 Yangi ish o‘rinlari — mahalla taraqqiyotining muhim qadami
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov o‘z saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi tomonidan Mevazor mahallasida yoshlar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 To‘qmang‘itdagi 19-son maktabda ovqatlantirish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoring qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik nazorati — bolalar salomatligi va sifatli ta’lim kafolati!
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 7-A.Navoiy saylov okrugi deputati Karomat Karimova Mahalla yettiligi bilan uchrashuv davomida “Ayollar daftari”da turgan fuqarolarning muammolariga yechim topildi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan ayollar hamda nogiron farzandi bor ayollar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahliliy o‘rganildi.

🔸 Ijtimoiy xodim bilan hamkorlikda reyestrda turgan Y.Obidovning kunduzgi parvarishga jalb etilishi bo‘yicha muammolar o‘rganilib, hal qilindi. Shuningdek, nogironlar reyestrida turgan ayolga elektron arava berish yuzasidan maslahat berildi.

🔸 Soliq inspeksiyasi xodimlari bilan birgalikda soliq qarzdorlarini aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan rejalar tuzildi.

🔸 Yoshlar agentligi vakili bilan oliygohni bitirgan yoshlarning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🔸 Uchrashuv davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan ichimlik suvi muammolarini hal etish maqsadida Boyovut tumani “Suvta'minot” davlat unitar korxonasi rahbarini fuqarolar bilan uchrashtirilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Slide 1 of 3