Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌✨ SHOVOT TUMANI BUDJETI: QO‘SHIMCHA MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
🏛 RASMIY QAROR
янв.21
📍 Yangi ish o‘rinlari — mahalla taraqqiyotining muhim qadami
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov o‘z saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi tomonidan Mevazor mahallasida yoshlar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 To‘qmang‘itdagi 19-son maktabda ovqatlantirish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoring qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik nazorati — bolalar salomatligi va sifatli ta’lim kafolati!
Saylovchilar bilan uchrashuv

Bandixon tumani “Quduqsoy” mahalla fuqarolar yig‘inida tuman Kengashi deputati G.Xolmatova ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida G.Xolmatovadeputat sifatida “Quduqsoy” mahalla fuqarolari yig‘ini aholisining muammolarini o‘rganish va ularning ijrosi yuzasidan yechim topishda ularni doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini aytib o‘tdi. Shuningdek, mahalla hududida amalga oshirilayotgan davlat dasturlaridan samarali foydalanish, aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda qarorlar qabul qilish zarurligini ta’kidladi.

Jumladan bu galgi saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlarda aholining bandligini ta’minlash hamda ularga yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va ularning muhim jihatlari tahlil etildi. Ayniqsa mahalladagi yoshlarni ko‘proq tadbirkorlik hamda tikuvchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan ko‘plab yoshlarning kelgusida faoliyatini yanada qo‘llab –quvvatlash maqsadida ularga imtiyozli ravishdagi kreditlar olishda amaliy yordam ko‘rsatish borasida chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida aholi tomonidan bildirilgan fikrlar inobatga olinib, kelgusida ularni hal qilish bo‘yicha amaliy yordam berilishi aytildi.

Slide 1 of 4