Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌✨ SHOVOT TUMANI BUDJETI: QO‘SHIMCHA MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
🏛 RASMIY QAROR
янв.21
📍 Yangi ish o‘rinlari — mahalla taraqqiyotining muhim qadami
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov o‘z saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi tomonidan Mevazor mahallasida yoshlar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 To‘qmang‘itdagi 19-son maktabda ovqatlantirish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoring qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik nazorati — bolalar salomatligi va sifatli ta’lim kafolati!
Senatda Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha Parlament komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarning 2030-yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha Parlament komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlis Parlament komissiyasining hamraislari, Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva hamda Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismailov boshchiligida bo‘lib o‘tdi.

Unda Barqaror rivojlanishning 10-milliy maqsadi 7-vazifasi doirasida tartibga solingan, xavfsiz, boshqariladigan mehnat migratsiyasi va samarali migratsiya siyosatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, so‘nggi yillarda ushbu yo‘nalishda qator islohotlar amalga oshirilib, mehnat migrantlari uchun huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy kafolatlar kengaytirildi.

Jumladan, mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga soluvchi 20 dan ortiq qonunchilik hujjatlari qabul qilindi, moliya manbalari hisobiga migrantlarning yo‘l chiptalari, “ishchi vizasi” hamda xorijiy til imtihonlari xarajatlarini qoplash mexanizmlari joriy etildi.

Mehnat migratsiyasi geografiyasi kengaytirilib, fuqarolarni yuqori daromadli davlatlarga ishga yuborish, ularni kasb-hunar va chet tillariga o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, tashkil etilgan tartibda xorijga yuborilayotgan migrantlar soni 5 barobarga ortib, bunday davlatlar soni 3 tadan 16 taga yetdi.

Mehnat huquqlari buzilgan va o‘z ish haqini ololmayotgan fuqarolarimizning pullari ish beruvchilardan undirib berilmoqda. Xususan, so‘nggi to‘rt yilda xorijiy ish beruvchilardan 13630 nafar fuqaroning 5 mln 950 ming dollardan ziyod miqdorida ish haqi, kompensatsiya va sug‘urta pullari ular foydasiga undirilgan.

Shu bilan birga, majlisda mavjud tizimli muammolar ham qayd etildi. Jumladan, migratsiya sohasidagi qonunchilikni yagona hujjat doirasida takomillashtirish, sohaga oid xalqaro konvensiyalarni ratifikatsiya qilish, noqonuniy migratsiya oqibatlarini kamaytirish, migrantlarning huquq va manfaatlarini yana-da ishonchli himoya qilish zarurligi taʼkidlandi.

Majlis yakunida tegishli qaror va “yo‘l xaritasi” qabul qilinib, uning ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha mutasaddi vazirlik va idoralarga zarur topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4