Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌✨ SHOVOT TUMANI BUDJETI: QO‘SHIMCHA MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
🏛 RASMIY QAROR
янв.21
📍 Yangi ish o‘rinlari — mahalla taraqqiyotining muhim qadami
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov o‘z saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi tomonidan Mevazor mahallasida yoshlar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 To‘qmang‘itdagi 19-son maktabda ovqatlantirish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoring qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik nazorati — bolalar salomatligi va sifatli ta’lim kafolati!
“Yoshlar salomatligi — partiya e’tiborida”


“Yoshlar salomatligi — partiya e’tiborida”
 

  

O‘zbekiston “Adolat”
sotsial-demokratik partiyasi Farg‘ona tuman Kengashidan saylangan deputatlar o‘z
saylovchilari hayoti va farzandlarimizning kelajagi uchun mas’uliyatni chuqur his
qilib, ta’lim muassasalarida doimiy o‘rganishlar olib bormoqda.
 

Shu maqsadda, 2025 yil avgust oyidan boshlab davlat maktabgacha
va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, shuningdek, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida o‘quvchi-yoshlar sog‘ligiga
salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi — fast-fud va energetik ichimliklar kabi taqiqlangan
mahsulotlar holati
hamda muassasalarning ko‘z-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganilmoqda.
 

Tuman Kengashi deputati Baxodir Axmadjonov Soy bo‘yi mahallasida joylashgan 13-sonli
umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quv jarayoni, muassasaning mavsumiy tayyorgarlik
ishlari bilan tanishdi. Shuningdek, maktab atrofidagi savdo do‘konlari ham ko‘zdan
kechirilib, tadbirkorlarga yoshlar salomatligini asrash, ularning ongli ravishda
to‘g‘ri oziqlanishi uchun mas’uliyatli bo‘lish lozimligi alohida ta’kidlandi.
 

Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlarga va savdo bilan shug‘ullanuvchi
tadbirkorlarga fast-fud mahsulotlari hamda
energetik ichimliklarning inson salomatligiga zararli ta’siri
haqida samimiy
tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
 

Yurt kelajagi bo‘lgan
farzandlarimizning sog‘lom o‘sishi, bilimli va barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi
uchun har birimiz mas’ulmiz.
  

Slide 1 of 6