Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
#MUNOSABAT

 Ochiq muloqot – davlat va biznes o‘rtasida ishonchni mustahkamlaydigan maydon 

O‘zbekistonda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot dunyoda muqobili yo‘q noyob amaliyotga aylandi. Bu platforma orqali tadbirkorlar o‘z takliflari va muammolarini ochiq bayon etmoqda. Masalan, o‘tgan yilgi muloqotda ishbilarmonlar ko‘plab tashabbuslarni ilgari surdi va ularning aksariyati amalda hal qilindi. 2024 yilda aylanmasi 1 trillion so‘mdan oshgan 203 ta korxona faoliyat yuritgan bo‘lsa, joriy yilning olti oyida ularga yana 47 ta yirik korxona qo‘shildi. Bu raqamlar tadbirkorlik sohasidagi ulkan imkoniyatlarning amaldagi ifodasidir.

Men ham o‘z faoliyatimni tadbirkor sifatida boshlaganman va sohaning issiq-sovug‘ini yaxshi bilganman. Bir vaqtlar odamlarda qo‘rquv va hadik kuchli bo‘lgan bo‘lsa, bugun tadbirkor davlat himoyasida, Prezidentning shaxsan qo‘llab-quvvatlashida faoliyat yuritmoqda. Faol islohotlar natijasida so‘nggi sakkiz yilda mamlakatimizga 230 milliard dollar investitsiya kiritildi. Shundan 120 milliarddan ortig‘i xorijiy sarmoyadir. Bu – ilgari tasavvur qilish qiyin bo‘lgan natijadir.

2025 yil 20 avgust kuni Prezidentimizning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida davlat va biznes o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlaydigan muhim voqea bo‘ldi. Unda 2026 yildan boshlab yana 10 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinishi belgilandi. Bu tadbirkorlar uchun vaqt va mablag‘ni tejash, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va yangi ish o‘rinlari ochish imkoniyatini beradi. Umuman olganda, beshinchi bor o‘tkazilgan ochiq muloqot kichik biznes va xususiy tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlarning eshigini ochdi, ularning daxldorlik hissini oshirdi va halol mehnat bilan ishonchli qadam tashlashlariga zamin yaratdi .

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Xudayarov