Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
янв.21
🟥 MUHIM DEPUTAT SO‘ROVI Shovot tumani hokimligidan 33 ta hududiy dastur bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” talab qilindi
янв.21
📌✨ SHOVOT TUMANI BUDJETI: QO‘SHIMCHA MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
🏛 RASMIY QAROR
янв.21
📍 Yangi ish o‘rinlari — mahalla taraqqiyotining muhim qadami
MUNOSABAT

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi va aholini qiynayotgan masalalar tahlili bo‘yicha videoselektor yig‘ilishidan tashkilotlar, mutasaddilar o‘zlariga tegishli xulosalarni oldilar. 

Aholi murojaatlari va muammolarini o‘rganish, mahallalarda oila va xotin-qizlarga tegishli muammolari bilan ham ishlash yangi sifat bosqichiga olib chiqish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur ishlar yuzasidan natijadorlikni ta’minlash bo‘yicha har bir tuzilma va mas’ullarning vazifalari qat’iy belgilanmoqda. Ayniqsa, proaktiv ishlash rejimiga o‘tish, topshiriq kutmasdan, muammoni aniqlay olish va uni bartaraf etishga tezkor kirishish, oilalar farovonligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni olg‘a surish, joylarda ayollar muammolari bilan ishlash sur’ati va sifatini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilanmoqda. Oilalarni rivojlantirishga qaratilgan omillar – xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni daromad topishga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash kabi o‘nlab yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar doimiy ravishda tahlil qilinib borilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati Artikova Umida Djumayevna.