Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌✨ SHOVOT TUMANI BUDJETI: QO‘SHIMCHA MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
🏛 RASMIY QAROR
янв.21
📍 Yangi ish o‘rinlari — mahalla taraqqiyotining muhim qadami
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov o‘z saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi tomonidan Mevazor mahallasida yoshlar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 To‘qmang‘itdagi 19-son maktabda ovqatlantirish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoring qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik nazorati — bolalar salomatligi va sifatli ta’lim kafolati!
Mas’uliyat, shaffoflik, natijalarga e’tibor — bugungi kunda davlat boshqaruvining yangilangan modeli aynan shu tamoyillar asosida barpo etilmoqda.

Joriy yil 16-iyun kuni Prezidentimiz raisligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini qiynayotgan masalalar tahlili bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi islohotlar jarayonini baholash va yaqin kelajakdagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilashda muhim bosqich bo‘ldi. Ayni vaqtda mamlakatimizdagi davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, fuqarolar manfaatlariga xizmat qiluvchi mexanizmlarni qayta ko‘rib chiqish va yangi ish uslublarini joriy etishda fidoyilik bilan bor kuch, imkoniyatlarimizni safarbar etishga da’vat etadi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan ijro intizomi va fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etishning yangi mexanizmi joriy etilishi va bu aholi hamda mahalliy hokimiyat o‘rtasida ko‘prik vazifasini ta’minlab berishi vazifasi belgilab berildi.

Prezidentimiz fuqarolar murojaatlariga to‘g‘ri va tezkor javob berish kerakligini bir necha bor ta’kidlagani bejiz emas. Ushbu tashabbus doirasida “Xalq nazorati” elektron portali ishga tushirilishi, bu esa onlayn taklif va shikoyatlarning bajarilishini nazorat qilish imkonini berishi aytildi. Bu esa shaffoflik va hisobdorlikning tubdan yangi darajaga olib chiqishini talab etadi. Bundan tashqari, mahalliy hokimliklarning kadrlar tarkibida ularning vakolatlari va mas’uliyatini mustahkamlashga qaratilgan o‘zgarishlar bo‘yicha aniq takliflar berildi.

Hokimlarga tuman doirasida tuman tashkilotlarini shtatlarini qayta taqsimlash huquqi berildi. Bu ko‘proq mobil va samarali jamoalarni shakllantirishga imkon beradi. Har bir tumanda malakali mutaxassislar va yetakchi tadbirkorlarni o‘z ichiga olgan “Islohotlar shtabini” yaratish asosiy yangiliklardan biri bo‘ldi. Joylardagi ishlarning hozirgi holatini o‘rganish asosida shtab aholining real ehtiyojlari va ma’lum bir hududning salohiyatini hisobga olgan holda uch yillik rivojlanish dasturlarini ishlab chiqadi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan takliflar, berilgan topshiriqlar har bir tumanni faol rivojlanish sub'yektiga aylantirish bo‘yicha yagona strategiyaning elementlari hisoblanadi.

Mas’uliyat, shaffoflik, natijalarga e’tibor — bugungi kunda davlat boshqaruvining yangilangan modeli aynan shu tamoyillar asosida barpo etilmoqda. Bu siyosatning mantiqiy davomi bo‘lib, unda odamlar, ularning manfaatlari va farovonligi barcha o‘zgarishlarning markazida turadi.

 

 Elyorjon Saidov,

 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati 
 

Slide 1 of 1